Kechagina go‘sht mavzusida bayonot bergan Fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov bugun internet yulduziga aylandi. So‘z ustasi Hojiboy Tojiboyev ta’biri bilan aytganda «NTVga olsang ham Hayitovning gapi, TVni o‘chirib qo‘ysang ham Hayitovning gapi»… Kamiga uning ortidan tug‘ilgan sarkazmlar, achchiq gaplar…
Shu o‘rinda o‘z fikr-mulohazalarimni qog‘ozga tushirishni ma’qul deb topdim.
Xo‘sh, birinchidan biz nega Hayitovning gapini kulguga olyapmiz, achchiq qabul qilyapmiz? Vaholanki uning gapida ham qaysidir ma’noda jon bor.
Buning asosiy sabablaridan biri sifatida amaldorlar xalqning umumiy holatidan kelib chiqib gapirmasligida deb bilaman. Avvalroq, yana bir amaldor internet zamonida radiokarnaylardan foydalanaylik deb tanqidlarga duchor bo‘lgandi.
Hayitovning so‘zlari jamiyatning ayrim toifasiga mos kelishi mumkin. Bizda kuniga go‘shtni mo‘l iste’mol qiladigan toifa ham bor, ammo ular mutlaq Read More
Olimlar vegetarianlikning odam tanasiga yangi zararini aniqlashdi, deb yozadi «Xabar» nashri.
«RAMBLER»ning yozishicha, asosan soyadan olinuvchi «go‘shtsiz go‘sht», ya’ni o‘simlik oqsilining ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, asosan o‘simlik mahsulotlarini iste’mol qiluvchi insonlarning yurak-qon tomir tizimi yaxshi holatda bo‘ladi. Biroq, bunga qarama-qarshi o‘laroq, go‘sht yemaslik insult xavfini oshiradi.
Insult xavfi go‘sht yeyish tufayli kelib chiqadigan yurak-qon tomir kasalliklari xataridan ko‘proq.
«Aftidan, insult xavfi go‘sht yeyishdan kelib chiqadigan yurak-qon tomir kasalliklari xataridan ko‘proq», — deya ta’kidlaydi epidemiolog va tadqiqot hammuallifi Temmi Tong.
Bundan tashqari, tadqiqotga ko‘ra, qonda xolesterin darajasining pastligi, bir tomondan yurak faoliyatini yaxshilasa, ikkinchi tomondan insult xavfini oshiradi.
Mamlakatimizda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinii holati aniqlangach, ijtimoiy tarmoqlarda oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi bo‘yicha turli xabarlar paydo bo‘la boshladi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yurtimizda chorvachilik mahsulotlari taqchilligi yuzaga kelmasligini ma’lum qildi.
Qayd etlishicha, mamlakatimizda jami 6,4 mingta chorvachilik sub’ekti mavjud bo‘lib, shundan 500 mingdan ortig‘i go‘sht yetishtirishga, 2 mingdan ortig‘i sut va 4 mingga yaqini go‘sht-sut mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashgan. Ayni paytda mamlakatda 13 milliondan ortiq qoramol mavjud bo‘lib shundan 93 foizi aholi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bugungi kunda kunlik o‘rtacha 7 ming tonna go‘sht yetishtirilib, shundan 90 foizi bozorlarda sotilayotgan bo‘lsa, 10 foizi qayta ishlashga yo‘naltirilmoqda. Shuningdek, kunlik 30,7 ming tonna sut sog‘ib olinib 16 foizi qayta ishlanmoqda.
Mavjud 1,2 mingdan ortiq parrandachilik korxonalarida Read More